Apple va Netflix nima uchun Qozog’istonni emas O’zbekistonni tanladi?

Apple va Netflix nima uchun Qozog’istonni emas O’zbekistonni tanladi?

Yaqinda Qozog’istonning “ORDA” saytida, “Apple va Netflix nega Qozog’istonni emas O’zbekistonni tanladi?” mavzusida maqola chiqdi.

Dunyoga mashhur Nike, ADIDAS, Apple brendlari, shuningdek, kiyim-kechak va uy-ro’zg’or buyumlarini chakana sotish bo’yicha yetakchilardan biri — Ispaniyaning INDITEX kompaniyasi O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalari ochmoqda. Nima uchun Qozog’istonni tanlamaydi?

So’nggi bir yil ichida bir qator dunyo kompaniyalari ishlab chiqarish uchun O’zbekistonni tanladilar. Yaqin kelajakda Toshkentda Apple ofisining ochilishi kutilmoqda. So’nggi bir yarim yil ichida bir nechta yirik korporatsiyalar (Netflix, Google Commerce, Google Ireland, Google Voice, Samsung Electronics, Cleverbridge, Xsolla, Activision Blizzard International, Apple Distribution International) O’zbekistonda rasmiy ravishda soliq to’lovchilar sifatida ro’yxatdan o’tdi.

NIKE

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi, Amerikaning ko’p millatli Nike World Headquarters, Nike, Converse va Jordan brendlariga egalik qiladi. Bu kompaniya hozirda Andijon viloyatida Sino International korxonasi asosida yiliga 3 million juft poyabzal ishlab chiqarishni rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish autsorsing asosida amalga oshiriladi.

2020-yilda Nike Inc. rekord darajaga yetdi. Pandemiya va tahlilchilarning prognozlariga qaramay, kompaniya aksiyalari o’tgan yilning ikkinchi choragidan boshlab o’sdi va avgustdan noyabrgacha real savdo hajmi 8,9 foizga o’sib, 11,2 milliard dollarni tashkil etdi.

ADIDAS AG

ADIDAS GROUP Reebok va Runtastic brendlariga egalik qiladi. ADIDAS poyabzal brendini O’zbekistonda ishlab chiqarish bo’yicha muzokaralar ikki yildan beri olib borilmoqda. O’tgan yilning kuzida «O’zcharmsanoat» assotsiatsiyasi Germaniya sport giganti bilan shartnoma tuzganligini e’lon qildi. Shuningdek, u ham Andijondagi Sino International korxonasida ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirgan.

Ma’lumot o’rnida, ADIDAS o’tgan yilning birinchi yarmida 8,3 milliard evro miqdorida sof foyda oldi.

INDITEX korporatsiyasi

Ispaniyaning INDITEX korporatsiyasi Massimo Dutti, Zara, Pull & Bear, Oysho, Bershka, Stradivarius, Uterque, Zara Home markalari bilan dunyodagi eng yirik chakana savdogari hisoblanadi.

96 mamlakatda 2000 dan ziyod do’koni va 18 milliard evrolik tovar aylanmasiga ega bo’lgan kompaniya «O’ztekstilprom» uyushmasi bilan kelishuvga erishdi. Pandemiya oldidan INDITEX vakillari O’zbekistonga amaliy tashrif bilan borishdi.

INDITEX pandemiya oqibatlarini muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Faqat o’tgan yilning uchinchi choragida sof foyda 866 million evroni tashkil etdi.

O’zbekiston esa INDITEX korporatsiyasi do’konlari uchun tayyor to’qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

APPLE

Yaqinda Toshkentda Markaziy Osiyodagi birinchi APPLE STORE ofisi ochildi.

Apple dunyo miqyosidagi pandemiyaga qaramay, o’tgan yili 64,7 milliard dollarlik sof foyda qildi.


Nima uchun investorlar Qozog’istonni tanlamaydi?

Qozog’istonlik siyosatshunos Doniyor Ashiboev nima uchun bunday yirik kompaniyalar investorlari Qozog’istonni emas, balki qo’shni mamlakat O’zbekistonni tanlaganligining birnechta sabablarini aytib o’tdi.

Uning aytishicha, chunki Qozog’istonda:
— nazorat yetarli emas, korrupsiya avjida, rejalashtirishlar samarasiz va ijro yaxshi amalga oshirilmaydi;
— tepadagi amallarni nazorat qilish bo’yicha vazirlikni qayta tashkil etish kerak;
— qo’mita har yili milliardlab qoidabuzarliklarni qayd qiladi, ammo hech qanday qa’tiy choralar ko’rilmaydi.

Ashiboev yana shuni ta’kidlab o’tdiki, kuchli antikorrupsiya siyosati va investorlarga yaratilgan imkoniyatlar oxirgi yillarda O’zbekistonni jadal rivojlantirmoqda.

Manba: Orda.kz

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg