O’zbekiston banklarida avtokreditlar foizlari qanday va kredit hisoblash turlaridan qaysi biri qulayroq?

O’zbekiston banklarida avtokreditlar foizlari qanday va kredit hisoblash turlaridan qaysi biri qulayroq?

24-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 5 ta bank: Ziraat bank, Kapitalbank, Mikrokreditbank, O‘zmilliybank va Turonbank boshqa banklarga qaraganda kam foizli avtokreditlarni taklif qilmoqda.

O’zbekistonda avto kreditlar foyizlari o’tgan yilgiga qaraganda bu yil ancha ko’tarildi. Quyida biz avtokreditlarning foizlari bilan tanishib chiqamiz:

Aloqa bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 50%
Foizi — 26%
Muddati — 12 oy

Asia alliance bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 27%
Muddati — 36 oy

AJ Ziraat bank Uzbekiston:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi 23-24-25%
Muddati — 12-24-36 oy

Infin bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 25%
Foizi — 26,99%
Muddati — 24 oy

Ipak yo‘li banki:
Boshlang‘ich to‘lov — 36%
Foizi — 26,9%
Muddati — 48 oy

Ipoteka bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 26%
Muddati — 36 oy

Kapitalbank:
Boshlang‘ich to‘lov — o‘zgaruvchi
Foizi — 23%
Muddati — 12 oy

Mikrokreditbank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 23-24-25%
Muddati — 12-24-36 oy

Orient finance bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30-40%
Foizi — 26,9-25,9%
Muddati — 36 oy

O‘zmilliybank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30-40-50%
Foizi — 19-24%
Muddati — 36 oy

Tenge bank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50%
Foizi — 24-25%
Muddati — 48 oy

Turonbank:
Boshlang‘ich to‘lov — 25%
Foizi — 23%
Muddati — 36 oy

Hamkorbank:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 26-28%
Muddati — 24-36 oy

Xalq banki:
Boshlang‘ich to‘lov — 30%
Foizi — 27-28-29%
Muddati — 12-24-36 oy

Aksariyat tijorat banklarida avtokreditlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar uchun avtosalon shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi va kredit oluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lishi, «salbiy» kredit tarixiga ega bo‘lmasligi lozim.

Misol uchun 95 mln 768 ming so’m turadigan Cobalt avtomobilini O’zmilliy bankdan 2 yilga boshlang’ich to’lov 50% asosida olsak 22% li kredit ajratilar ekan.

Demak:
Oddiy hisoblash turi asosida: 3 oylik imtiyoz davrda 877 ming 873 so’m to’lasak, qolgan oylarda pasayish tartibida 2 mln 871 ming so’mdan 3 mln 116 ming so’mgacha to’lanadi. Bankning umumiy foydasi 12 mln 290 ming so’mni tashkil etadi.

Annautiet hisoblash turi asosida: 3 oylik imtiyoz davrda 877 ming 873 so’m to’lasak, qolgan oylarda birxil tartibida 2 mln 767 ming 808 so’mdan to’lanadi. Bankning umumiy foydasi 12 mln 874 ming so’m bo’ladi.

Yuqoridan ma’lumki banklar kredit hisoblash turiga qarab foydasi ko’payishi yoki kamayishi mumkin.

Manba: review.uz

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg