2020-yilda eng ko’p maosh taklif qilingan kasblar reytingi e’lon qilindi

2020-yilda eng ko’p maosh taklif qilingan kasblar reytingi e’lon qilindi

hh.uz saytida 2020-yil yakuni bo’yicha, O’zbekistonda eng ko’p oylik maosh taklif qilingan kasblar reytingi aniqlandi. Reytinga ko’ra:

O’zbekistonda o’tgan yili eng yuqori maosh IT va top-menejment sohasidagi mutaxassislarga taklif qilindi. Bunday mutaxassislarga 30 mln so’mgacha oylik maoshlar berilgan.
Keyingi o’rinni savdo sohasi egallagan va uning mutaxassislariga 20 mln so’mgacha maosh taklif qilingan.

O’zbekiston hududida «Xaridlar», «San’at, mass-media», «Marketing, reklama va PR», «Tibbiyot va farmatsevtika», «Ishlab chiqarish» va «Qurilish» kasblari mutaxassislariga 15 mln so’m atrofida oylik maosh taklif qilindi.

Eng kam oylik maosh, oddiy ishchilar va sug’urta sohasida taklif qilingan — 700 000 so’m.

Bundan tashqari boshqa kasb egalariga quyidagicha oylik maoshlar berilgan:

— mashinasozlik sohasi mutaxassislariga — 9 mln 300 ming so’mgacha;
— ma’muriy ishlar bo’yicha xodimlarga — 10 mln 540 ming so’mgacha;
— banklar, investitsiya va lizing sohalari ishchilariga — 17 mln 562 ming so’mgacha;
— xavfsizlik bo’yicha mutaxassislariga — 7 mln 38 ming so’mgacha;
— buxgalteriya xodimlariga — 12 mln 567 ming so’mgacha.

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg