Imtiyozli kreditlar qayerga ketmoqda?

Imtiyozli kreditlar qayerga ketmoqda?

2020-yildan barcha imtiyozli kreditlar stavkasi 16 foizdan kam bo‘lmadi. Ammo ba’zi bir hollarda kam foizlilar ham uchrab turdi, lekin bu juda kam edi.

2020-yil 24-iyun holatiga koʻra, birgina Xalq banki tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish Davlat dasturi doirasida 21 ming 232 ta loyihaga 647,5 mlrd soʻm miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratilib, 22 ming 532 nafar aholining ish bilan bandligi taʼminlangan bo’lsa, boshqa banklar tomonidan bunday statistik ma’lumotlar ommaga taqdim qilinmaganligi sabab mavhum bo’lib qolmoqda.

Lekin shunday holatlar uchrab turmoqdaki, xalq uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni talon – taroj qilish holatlari afsuski uchrab turmoqda.

Misol uchun:
• Andijonda 470 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari bank hodimlari tomonidan talon-toroj qilingan;
• “Mikrokreditbank” Fargʼona viloyati filiali tomonidan fermer xoʼjaliklari nomiga ajratilgan 129 million soʼmlik imtiyozli kredit talon-taroj qilingan;
• MCHJ rahbari «Agrobank» filiali bo‘lim boshlig‘i bilan til biriktirib, salkam yuz million so‘mni talon-toroj qilgan;
• Gurlanda sobiq “Agrobank” rahbari 400 mln so’m imtiyozli kreditni talon-taroj qildi;
• ATB «Qishloqqurilishbank» Ko‘kdala filiali mansabdor shaxslari 119 nafar fuqarolar nomiga chiqarilgan 1,4 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan;
• «Agrobank» Mirishkor filialida boshqaruvchi lavozimida ishlagan R.J. va boshqalar soxta shartnomalar tuzishib, jami 52 nafar fuqarolarga ajratilgan 925,1 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg