O’zbekistonda talabalar kontraktidan jami miqdorda qancha tushishi hisoblab chiqildi?

O’zbekistonda talabalar kontraktidan jami miqdorda qancha tushishi hisoblab chiqildi?

2020/2021 o’quv yili uchun jami qabul 103 575 tani tashkil qilgan. Shundan 23 495 tasi grant, 80 080 tasi kontrakt asosida tahsil olishadi.

Talabalar to’laydigan kontraktlar summasi 11 mln 548 ming 610 so’mdan boshlanib 14 mln 945 ming 260 so’mgacha yetadi.

Demak:
80 080 ta 1-kurs talabasi chegirmasiz o’rtacha 12 mln so’mdan kontrakt to’laydi desak, o’rtacha summa 961 mlrd so’mni tashkil etar ekan va bu faqatgina 1-bosqich talabalari to’laydigan summa.
2-kurs 46 800 ta talabani tashkil etadi va ular 561,6 mlrd so’m;
3-kurs 58976 ta kontrakt asosida talaba 707 mlrd 712 mln so’m.
4-kurs 48 122 ta kontrakt asosida o’qiyatgan talabalari uchun 11 mln so’m umumiy summa deb olsak 529 mlrd 342 mln so’m umumiy summa bo’lar ekan.

Demak umumiy summa 2 trln 759 mlrd 654 mln so’mni tashkil etadi va bu summaga super kontraktlar miqdori qo’shilmagan. Balki super kontraktdan kelgan pullar qo’shib hisoblansa jami summa 3 trln so’mdan ham oshib ketishi mumkin.
Shuningdek, magistratura va sirtqi bo’limlar ham inobatga olinmagan, hisob-kitoblar o’rtacha qiymatda va taxminiy hisoblarda hisoblab chiqilgan.

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg