Koronavirus dunyoda 50ta yangi milliarderlarni yetishtirdi

Dunyoda pandemiya boshidan buyon sog’liqni saqlash sohasida 50ta yangi milliarder paydo bo’ldi. Quyida yangi boylarning birnechtasi bilan tanishtiramiz:
Ugur Shaxin — BioNTech nemis biotexnologik kompaniyasi bosh direktori. Kompaniya vaksina ishlab chiqarish tufayli, direktorning boyligi $4,2 mlrd ga yetdi.
Stefan Bansel — AQSh’ning Moderna kompaniyasi rahbari. Kompaniya aksiyalari 1 yilda 550% ga yetgan. Rahbarning boyligi esa yil oxirida $4,1 mlrd ni tashkil etdi.
Timoti Springer — Moderna kompaniyasining hamasoschisi. Uning boyligi pandemiya davrida $1,6 mlrd ga yetgan va yangi milliarder atangan.
Shunday qilib koronavirus pandemiyasi xalq uchun omadsiz kelgan bo’lsa, ko’plab tadbirkorlar uchun moliyaviy tomondan juda muvaffaqiyatli keldi.
Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha