O’zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan pullar taqsimoti

O’zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan pullar taqsimoti

Koronavirusga qarshi kurash uchun sarflangan mablagʻlar nimalarga sarflangani oydinlashdi.

Davlat dasturi ijrosi boʻyicha Hukumat hisobotida koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3 trln 962 mlrd soʻm sarflangani maʼlum qilindi.

Moliya vazirligi inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining ma’lumotlari bo’yicha:

— dori vositalari va tibbiy buyumlar, ximoya vositalari va test tizimlari bilan taʼminlash hamda karantinda saqlash uchun 1 trln 534 mlrd soʻm;
— tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish uchun 2 trln 428 mlrd soʻm sarflangan.

Bundan tashqari, karantin zonalarini va koronavirusni davolash bilan bogʻliq obyektlarni qurish, jihozlash va infratuzilma yaratish uchun 1 trln soʻm xarajat qilingan.

Manba: Gazeta.uz

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg