«MegaFon» aloqa kompaniyasini O’zbekistonda nimalar kutmoqda?

«MegaFon» aloqa kompaniyasini O’zbekistonda nimalar kutmoqda?

Tez orada USM Telecom va MegaFon O’zbekiston aloqa bozoriga kirib keladi. Lekin bu Rossiya aloqa kompaniyalari uchun birinchi holat emas.

Xo’sh oldingi boshqa aloqa operatorlar bilan O’zbekiston aloqa bozorida nima sodir bo’lgan?

Tarixdan ma’lumki Rossiyaning yirik aloqa operatorlari uchun O’zbekiston bozori muammoli bo’lib chiqdi. Misol uchun:

Veon (Beeline brendi ostida xizmat ko’rsatuvchi VimpelCom kompaniyasi) va MTS aloqa kompaniyalari, Adliya vazirligi tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda O’zbekistondagi telekommunikatsiya bozoridagi korrupsiya ishida aloqador deb topildi. Tergovda ushbu ikkiya kompaniya Shvetsiyaning “Telia Company” kompaniyasi (bizga Ucell brendi bilan tanish) bilan Gulnora Karimovaga aloqador bo’lgan korrupsiyada aloqasi bor deb topilgan. Natijada, kompaniyalar katta miqdorda jarimaga tortildi:

• Veon (Beeline) — 795 million dollar;
• Telia (Ucell) — 965 million dollar;
• MTS — 850 million dollar.

Ro’yxatdagi kompaniyalar orasida faqatgina Veon (Beeline) O’zbekistonda qolishga qaror qildi. Qolganlari esa O’zbekistonni tark etdi ya’ni kompaniyalarni davlatga sotgan holda.

Xususan, MTS 2016-yilda 50,01% aksiyasini hukumatga sotishga majbur bo’ldi. 2018-yilda kompaniya jarimadan so’ng yilni 528,8 million dollarlik zarar bilan tugatdi. Telia esa (bizga Ucell nomi bilan tanish), 2018-yil oxirida aktivlarini 215 million dollarga hukumatga sotdi va O’zbekistondan chiqib ketdi.

“MegaFon”da qanday bo’ladi?

MegaFon bilan hamma narsa boshqacha bo’lishi mumkin, chunki Alisher Usmonov «Renaissance Capital» tahlilchisi Aleksandr Vengranovichga bergan intervyusida «MegaFon» ning O’zbekiston bozoriga kirishi taklifi davlat hukumati tomonidan kelib tushganini ta’kidlagan.

Vengranovichning so’zlariga ko’ra, O’zbekistondagi telekommunikatsiya bozori potentsial jihatdan katta operatorlar uchun qiziqarli, ammo ancha yopiq va ayniqsa raqobatbardosh emas.

Unga ko’ra, Beeline mahalliy bozorning o’ziga xos xususiyatlari tufayli daromad va bozor ulushini yo’qotmoqda bu esa “MegaFon” uchun katta imkoniyatdir.

Shuningdek, qo’shma korxona orqali O’zbekistonga kirish, tahlilchining fikriga ko’ra, biznes bo’limlarini hududlar bo’yicha farqlashga imkon beradi. Masalan, MegaFon mamlakatda Ucell savdo belgisi ostida xizmatlar ko’rsatishi mumkin, bu esa amaldagi abonentlar bilan tezda rivojlanishga imkon beradi.

Manba: Spot.uz

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg