Shifokorlar nega pulga retsept yozadi?

Shifokorlar nega pulga retsept yozadi?

Youtube’dagi SUBYEKTIV loyihasi farmkompaniyalar shifokorlarni «sotib olishi» muammosini o‘rgandi. Muallif dori ishlab chiqarivchi kompaniya vakili qiyofasiga kirib, shifokorlarga retsept uchun pul taklif qildi va buni yashirin kameraga yozib oldi.

Farm kompaniyalar qanday qilib shifokorlarni sotib olmoqda?

Ishlab chiqarayotgan dori vositasini shifokorga yaxshi tushuntiradi, qaysi dorixonalarga nechta dona berganini aytadi va shifokorga maxsus shtrixkod beradi. Har bir yuborgan mijozi (be’mor) tomonidan sotib olingan dori vositasiga bonus narxini kelishadi. Farm kompaniya vakili har oy dorixonalarni aylanib, sotilgan dori soni va maxsus shtrixkodlarni aniqlaydi va shunga asosan shifokor bilan “hisob–kitob” qiladi. Lekin summa aniq raqamlarda emas.

Muallif “Submedpharm” kompaniyasi vakiliman deya tanishtirib, nevrapatoliklarga yaxshi tanish bolgan levocarnitine tarkibli “karnilet” deya nomlangan dori vositasini qo’shgan holda retsep yozib berishini so’rab murojat qiladi.

1-nevrapatologga har bir yozilgan retsep uchun 10 ming so’m bonus qilib berishini aytib 100 ming so’m “avans” bergan holda kelishuvga erishdi.
2- nevratpatolog insofli ekanligini ko’rsatdi va dori vositasini ishlatib ko’rmasdan avans ham olmadi va vada ham bermadi. Uning so’zlariga ko’ra 0,25 stavka uchun 350 ming so’m oylik olib ishlagan. Ish soati hujjatda 2-3 soat bo’lsada be’mor ko’pligi va “yozuv-chizuv” sabab 7-8 soatlab ishlagan ekan.

Muammo nimada?

Muammoning asosiy yechimi tibbiyot hodimlarining oyliklari pastligi (shifokorning ta’kidlashicha 1,5 mln so’m oylik olar ekan) va ularda ish faoliyatini ta’minlash uchun qog’oz, halatlar va boshqa zarur vositalarning ta’minoti yo’qligi hisoblanadi. Agar shifokorlarimizning oyliklari yuqori bo’lsa, ular farmkompaniyalarning pullariga qarab qolishmaydi. Chunki firmalar qog’oz, ruchka, blanka va boshqa vositalargacha ta’minlashadi.

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg