O’zbekistonda yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori qanchalik adolatli?

O’zbekistonda yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori qanchalik adolatli?

Xabaringiz bor 1-fevraldan oylik ish haqilar bilan birgalikda yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham 10% ga oshirildi. Shu bilan birga O’zbekistondagi eng qimmat jarima miqdori 9 mln 800 ming so’m bo’lib, bu transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaхs “ichgan” holda boshqarsa va ruxsatsiz “Tonirovka”ni bir yil ichida ikkinchi marta qo’ysa belgilangan.

O’zbekistonda eng kam oylik ish haqqi 747 300 so’m demak, eng qimmat jarimani to’lashi uchun 747 300 so’m topadigan fuqaro 13 oydan oshiq ishlashi kerak ekan.

Boshqa mamlakatlarda yo’l harakati qoidalarini buzgalik jarimalar quyidagicha, masalan:

Finlandiya (eng kam oylik ish haqi $2500-2850)

Bu yerda jarimalar huquqbuzarning yillik daromadining foizlaridan olinadi. Masalan, bir necha yil oldin, 27 yoshli Jussi Saloia 40 km / soat belgisi ichida 80 km / soat tezlik bilan avtomobil boshqargani uchun 200 ming dollar atrofida jarima to’lagandi. Gap shundaki, qoidabuzarning yillik maoshi 11,5 million dollarni tashkil etgan. Lekin qoida buzarning oylik maoshi qanchaligi haqida aniq dalillar bo’lmasa, unda qoida buzar quyidagicha jarimalarga tortilishi mumkin:
• Tezlikni belgilanganidan qo’shimcha 60 km/soatgacha oshirish – $140;
• Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish kamida – $78;
• Avtomobilni mast holatda boshqarish kamida – $109;
• Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $12 dan $49 gacha;
• Xavfsizlik kamarini taqmaslik – $43

Kanadada (eng kam oylik ish haqi $1460)

• Tezlikni belgilangan me’yoridan qo’shimcha 60 km/soatgacha oshirish – $10 000 gacha;
• Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $144;
• Avtomobilni mast holatda boshqarish – $600;
• Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $100;
• Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – $1000 gacha.

Buyuk Britaniya (eng kam oylik ish haqi $2130)

Bu yerda ham, boshqa ko’plab mamlakatlarda bo’lgani kabi, jarima miqdori ham ma’lum bir qism uchun belgilangan tezlik chegarasidan oshib ketganda ko’proq bo’ladi. Qoidabuzarliklarni aniqlash kameralar tomonidan amalga oshiriladi. 2007-yilda Porsche 911 haydovchisi o’z avtomobilini 275 km / soat tezlikda qishloq yo’lida haydab ketayotganida qo’lga olindi va haydovchi 8000 AQSh dollari jarima to’ladi. Bundan tashqari umumiy belgilangan jarimalar miqdori:
• Tezlikni belgilangan me’yoridan 60 km/soatgacha oshirish – $1400 dan boshlanadi;
• Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $2500;
• Avtomobilni mast holatda boshqarish – $4200;
• Avtomobilda toʻхtash qoidalarini buzish – $56 dan boshlanadi;
• Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – $705 gacha.

AQSh (eng kam oylik ish haqi $1160)

AQSh’ning aksariyat shtatlarida tezlikni oshirganlik uchun 1000 dollargacha jarima solinadi. Bu yerda har bir shtatning o’z qonuni borligi sabab jarimlar ham turlicha. Ko’pgina shtatlarda tezlikni katta miqdorda oshirganlik uchun qamoqqa olish ham mumkin.

Portugaliya (eng kam oylik ish haqi $800)

Bu yerda yo’l politsiyasi ko’chma bankomatlar bilan jihozlangan va jarima kechikmasdan o’sha joyning o’zida to’lanishi mumkin. Bu yerda ular noodatiy qoidabuzarliklar uchun ham jarimaga tortishi mumkin. To’lovni joyida to’lay olmaydigan haydovchilarga asosan avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etiladilar. Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori 1800 dollargacha yetishi mumkin.

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg