Zoomda onlayn o’qiydigan talabalar uchun maxsus

Zoomda onlayn o’qiydigan talabalar uchun maxsus

Agar Zoom’da onlayn dars o’tsangiz, konferensiyalarga qatnashsangiz ko’pincha uy kiyimida bo’lib qolasiz. Bu esa sizga kamerani qo’shgan paytda noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Yaponiyalik uddaburon tadbirkorlar buning yo’lini ham topdi. Ya’ni Yaponiyada «Aoki» kiyim kompaniyasi bunday noqulayliklarni bartaraf etish uchun, tugmali, yengli va klassik kiyimlarini taklif qilmoqda.

Aniqrog’i bunday rasmiy ko’ringan kiyim haqiqiy emas, u faqat shunday ko’rinishga ega. Aslida esa oddiy uy pijamasi va uni kiyganda ham ozingizga, ham kamerani qo’shganda noqulaylik tug’dirmaydi. Aoki’ning onlayn do’konlarida bunday pyjama narxi $48 atrofida.

Maqolamizni Zoomda onlayn o’qiydigan yoki konferensiyalarga qatnashadigan tanishlaringiz bilan ulashing. Ularga ham foydasi tegadi!

Batafsil

Eng aktual narxlar haqida yozamiz @NarxiQancha

tg